Orqaga
Calendar icon

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik madaniyatiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik madaniyatiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universitetida mehnatni muhofaza qilish, baxtsiz hodisalarni oldini olish hamda xodimlarning xavfsizlik bo‘yicha malakasini oshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasining mehnat muhofazasi inspektori Dilmurojon Qayumov, universitetning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi mutaxassislari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mehnat jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, baxtsiz hodisalarni oldini olish kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilarga mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari, me’yoriy talablar va yangi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan xodimlarning mehnat xavfsizligini ta’minlashda har bir bo‘lim va rahbarning mas’uliyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida xodimlarga amaliy tavsiyalar berilib, mehnat intizomi va xavfsizlik madaniyatini kuchaytirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.