Orqaga
Calendar icon

“Islohotlar bilimdoni” tanlovi universitet bosqichi yakunlandi

Qo‘qon davlat universitetida “Islohotlar bilimdoni” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov talaba-yoshlar va pedagog xodimlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar haqidagi bilimlarini boyitish, ularni “Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash” g‘oyasi atrofida birlashtirish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, balki yangilanish jarayonlariga o‘z qarashlari, taklif va g‘oyalari bilan faol hissa qo‘shish istagini namoyon etdilar.

Ko‘rik-tanlov yakunida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

“Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasida — Zilola Bobojonova, Gumanitar fanlar va tillar fakulteti tyutori;

“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasida — Yayra Alimova, Xorijiy filologiya fakulteti xotin-qizlar maslahatchisi;

“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasida — Xaydarov Xasanjon, 2-bosqich magistranti.

Mazkur g‘oliblar endilikda tanlovning navbatdagi bosqichida Qo‘qon davlat universiteti sharafini himoya qiladi.