Kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan birga!
Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Qoʻqon davlat universitetida oʻqituvchilar oʻrtasida voleybol musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqa “Kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan birga!” shiori ostida tashkil etilib, unda fakultet va bo‘lim jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar.
Natijaga koʻra, Sanʼatshunoslik va sport fakulteti jamoasi faxrli birinchi oʻrinni, Rektorat jamoasi ikkinchi oʻrinni, Maʼnaviyat jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Musobaqa ishtirokchilari sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jamoalar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Gʻolib jamoalar faxriy diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.