Filologlar anjumani: o‘zbek tili ta’limini rivojlantirish yo‘llari muhokamada
Qo‘qon davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida o‘zbek tili ta’limini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘quv jarayonining sifatini oshirish hamda ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan “Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va ta’lim tashkilotlaridan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda yosh olimlar ishtirok etdilar. Anjumanda o‘zbek tili ta’limining bugungi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi.
So‘zga chiqqan ma’ruzachilar o‘zbek tilining nufuzi va xalqaro miqyosdagi mavqeini yuksaltirish, uni xorijiy tillar bilan uyg‘un holda o‘qitish, elektron o‘quv resurslarini yaratish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha o‘z taklif va g‘oyalarini bildirdilar.
Anjumanda taqdim etilgan ilmiy ma’ruzalar o‘zbek tili ta’limining nazariy va amaliy jihatlarini yanada chuqurlashtirish, filologiya fanlari sohasida yangi izlanishlar olib borish hamda yosh olimlarni ilmiy faoliyatga jalb etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi.