Orqaga
Calendar icon

“Milliylik va zamonaviylik” – davra suhbati markazida

Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetida “Milliylik va zamonaviylik” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Davra suhbatida milliy liboslarning qadimiy tarixi, ularning o‘ziga xosligi va bugungi kundagi zamonaviy modaga uyg‘unlashuvi masalalari keng yoritildi. Ishtirokchilar kiyinish madaniyati va estetik didning shakllanishi, jamiyatda yurish-turish, odob-axloq qoidalariga rioya etish borasida ham o‘z mulohazalarini bildirdilar.

Shu bilan birga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yoshlar ongiga singdirish hamda zamonaviy hayot tarziga uyg‘unlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Tadbir yakunida, milliy va zamonaviylik uyg‘unligi nafaqat kiyinish madaniyatida, balki jamiyat ma’naviy hayotida ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.