Orqaga
Calendar icon

Ijtimoiy faol talabalar “Qalqon” safiga qo‘shilmoqda

16-sentyabr kuni Qo‘qon davlat universitetida talabalardan tashkil topgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi safiga qabul qilinayotgan nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Mazkur jarayonda jami 32 nafar talaba – 17 nafar yigit va 15 nafar qiz ishtirok etdi. Suhbatni universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A. Maxmudjonov olib bordi. Tadbirda, shuningdek, universitet profilaktika inspektorlari ham qatnashdi.

Suhbat davomida guruhning asosiy maqsad va vazifalari keng tushuntirildi. Nomzodlarning ijtimoiy faolligi, mas’uliyat darajasi, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi hamda jamoaga qo‘shilish motivatsiyasi atroflicha baholandi.

Yakunda guruh a’zoligiga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati shakllantirildi. Saralash natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinishi hamda tanlovdan o‘tganlarga maxsus guvohnomalar topshirish marosimi o‘tkazilishi belgilandi.

Maʼlumot uchun, “Qalqon” jamoatchilik guruhi talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilik holatlarining oldini olish bilan shugʻullanadi.