“Zakovat” o‘yinida eng kuchlilar g‘olib chiqdi
Qoʻqon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti talabalari oʻrtasida bilim va intellektual salohiyatni yuksaltirish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Tadbirni fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Farhod Ibagimov ochib berib, musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi. Bellashuvda fakultetdan 10 dan ortiq jamoa qatnashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar natijasida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin — Intelligent jamoasi
2-o‘rin — Xorazimiy jamoasi
3-o‘rin — Pifagor jamoasi
Musobaqa davomida talabalar keng bilimga ega ekanliklarini, tezkor fikrlash qobiliyati va jamoada ishlash malakalarini namoyish etdilar. Yakunda g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.