Orqaga
Calendar icon

Universitetda jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi davra suhbati

Bugun Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida “Jinoyatchilik nima?” hamda “Universitet — korrupsiyadan xoli hudud” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda jinoyatchilik va korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda ularning jinoyat qurboniga aylanishining oldini olishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda universitetning “Korrupsiyaga qarshi kurash va komplens nazorat” bo‘limi boshlig‘i M. Mahmudov hamda universitet inspektori S. Yo‘ldashevlar mavzuga oid ma’lumotlarni taqdim etib, huquqiy-me’yoriy hujjatlar yuzasidan tushuntirish berdilar.

Shuningdek, fakultet yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D. Rahmatullayeva universitetning “Ichki mehnat tartib qoidalari” hamda “Odob-axloq kodeksi”da belgilangan talabalar huquq, burch va majburiyatlari haqida atroflicha ma’ruza qildi.

Tadbir davomida talabalarga huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunlarga rioya etish va korrupsiyaga qarshi faol munosabatda bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi.