Hasanboy Abdinazarov davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra, mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan, yosh avlodni bilimli, komil va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashda salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh pedagog va mutaxassislar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan Qo‘qon davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti (PhD) Abdinazarov Hasanboy Xoliqnazarovich ham «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
Hasanboy Xoliqnazarovich nafaqat oliy ta’lim tizimidagi ilmiy-pedagogik ishlari, balki hududlarda ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ularni jamiyatga foydali kadrlar etib tarbiyalashdagi sa’y-harakatlari bilan ham alohida e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.
Mazkur mukofot X. Abdunazarovning o‘z kasbiga sadoqati, ta’lim sohasidagi fidokorona mehnati va ko‘p yillik samarali faoliyatiga berilgan munosib e’tirofdir.