Adabiyot muxlislari Shavkat Rahmon sheʼrlarini yod etdi
Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetida atoqli shoir Shavkat Rahmon ijodiga bag‘ishlangan badiiy–maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab shoirning hayoti va ijodiy faoliyati haqida qisqacha maʼruza tinglandi, so‘ngra shoirning turli davrlaridagi eng mashhur sheʼrlardan namunalar talaba-yoshlar tomonidan yoddan o‘qildi. Sheʼrlar tinglovchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida talabalar Shavkat Rahmon ijodida yurt, do‘stlik va insoniy qadriyatlar mavzularining qanday aks etishi haqida muhokama olib bordi. Tadbir davomida bir nechta talaba chiqishlari va sheʼriy kompozitsiyalar tinglovchilarning iliq olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Sheʼriyat kechasida ishtirok etgan talaba Dilhayot Sotiboldiyev o‘z fikrini shunday ifoda etdi:
“Shavkat Rahmon ijodi biz yoshlarni ona yurtga muhabbat, milliy qadriyatlarni qadrlash va insoniylikka da’vat etadi. Bu kabi tadbirlar bizni adabiyotga yaqinlashtiribgina qolmay, qalbimizda milliy g‘ururni mustahkamlaydi.”
Tadbirning ahamiyati — yosh avlodni milliy adabiyotga qiziqtirish, shoir ijodini talaba tomonidan chuqurroq o‘rganishga undash va madaniy-maʼrifiy muhitni boyitishdan iborat bo‘ldi. Tashkilotchilar tadbir yakunida bunday adabiy uchrashuvlarni davom ettirish va talabalar ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanliklarini bildirishdi.