Orqaga
Calendar icon

Xorijiy filologiya fakultetida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida birinchi kurs talabalari ota-onalari bilan “Men farzandim kelajagiga befarq emasman” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet dekani F. Muhammajonov, professor-o‘qituvchilar, profilaktika inspektori hamda yangi o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda talabalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki, darslarni muntazam davom etishi, ichki tartib-qoidalarni bajarishi hamda talabalik davrida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda ota-onalar, fakultet ma’muriyati va professor-o‘qituvchilarning hamkorligi muhimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Profilaktika inspektori tomonidan esa yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ota-onalar farzandlari ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar uchun minnatdorlik izhor etib, fakultet ma’muriyati bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.