Talabalarimiz O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanma oldi
2025-yil 10-sentyabr kuni sportning belbog‘li va erkin kurash yo‘nalishlari bo‘yicha 2005–2006-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining viloyat saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Qo‘qon davlat universiteti San’at va sport fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari murabbiy Iqboljon Mo‘ydinov rahbarligida faol ishtirok etib, bir qator yutuqlarga erishdilar. Jumladan, Salimov Ozodbek Jamshid o‘g‘li (52 kg), Muxammedov Abdulaziz Xurshid o‘g‘li (57 kg), No‘monov Sherozbek G‘ulomjon o‘g‘li (48 kg) hamda Murodaliyeva Musharraf Toxirjon qizi (48 kg)lar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Ikkinchi o‘rinni Raxmatjonova Madinaxon Azizjon qizi (66 kg) egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Jumanov Izzatillo Xusanjon o‘g‘li (62 kg), Mominov Muxammadyusuf Ravshanjon o‘g‘li (82 kg), Gulomov Xumoyun Murod o‘g‘li (90 kg) va Yo‘ldashaliyev Muhibillo Muxiddin o‘g‘liga (100 kg) nasib etdi.
Quvonarlisi, musobaqada 1- va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar O‘zbekiston chempionatida qatnashish uchun yo‘llanma olishdi.