Orqaga
Calendar icon

Qo‘qon davlat universitetida mehnat muhofazasi bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda

Qo‘qon davlat universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori J. Azamov tomonidan universitetda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda kasb kasalliklari profilaktikasiga oid ma’lumot taqdim etildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-iyundagi №01-24-284-sonli ko‘rsatmasi asosida ishlab chiqilgan “Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish va kasb kasalliklari profilaktikasi yuzasidan manzilli dastur” doirasida universitetda aniq ish rejasi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur rejani bajarish jarayonida 2025-yilning 9 oyi davomida Qo‘qon davlat universitetida xodimlar orasida baxtsiz hodisalar, tan jarohatlari yoki o‘lim bilan bog‘liq hamda kasb kasalligi holatlari qayd etilmadi. Bu esa universitet rahbariyati hamda fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi mutaxassislari tomonidan ushbu yo‘nalishda samarali profilaktik ishlar amalga oshirilganidan dalolat beradi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, kelgusida ham xavfsiz mehnat muhitini yaratish, kasbiy xavf-xatarlarning oldini olish va xodimlar salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi faoliyat izchil davom ettiriladi.