Orqaga
Calendar icon

To‘liq Oy tutilishi: talabalar uchun amaliy kuzatuv darsi

2025-yil 7-sentyabrdan 8-sentyabrga o‘tar kechasi mamlakatimizda to‘liq oy tutilishi kuzatildi.

Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti Fizika-astronomiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari R. Ibragimova, F. Dadaboyeva va U. Isomaddinova hamda kafedra o‘qituvchilari tashabbusi bilan fakultet talabalari uchun “Oy tutilishi” mavzusida kechki astronomik kuzatuv tashkil etildi.

Kuzatuv davomida talabalar teleskop orqali oyning soya sohasiga o‘tishini bevosita kuzatishdi. Tutilishning eng yuqori pallasi 23:11 da sodir bo‘lib, Oy qirmizi tusga kirdi.

Mazkur amaliy mashg‘ulot talabalar uchun nazariy bilimlarini mustahkamlash, astronomik kuzatuv ko‘nikmalarini rivojlantirish va osmon jismlariga qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.