Orqaga
Calendar icon

Qoʻqon DU talabasi Liverpulda gʻalaba qozonib, chorak finalga chiqdi

Angliyaning Liverpul shahrida ilk bor oʻtkazilayotgan kattalar oʻrtasidagi boks boʻyicha Jahon chempionati qizgʻin davom etmoqda.

14-sentyabrgacha davom etadigan mazkur nufuzli musobaqada 60 davlatdan 500 dan ortiq bokschi ishtirok etmoqda.

Mazkur chempionatda Qoʻqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakulteti talabasi Humorabonu Mamajonova ham ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. U 7-sentyabr kuni oʻtkazilgan janglarda oʻzining dastlabki gʻalabasini qoʻlga kiritdi. -57 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Humorabonu Chernogoriya vakili Boyana Goykovichni 5:0 hisobida ishonchli tarzda magʻlubiyatga uchratib, chorak finalga yoʻl oldi.

Endi talabamiz 10-sentyabr kuni yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi.