Ota-onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Gumanitar va tillar fakultetida birinchi kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan "Men farzandim kelajagiga befarq emasman" mavzusida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, Gumanitar fanlar va tillar fakulteti dekani D. Jamoliddinova, Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi, profilaktika inspektori, birinchi bosqich talabalari ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida soʻzga chiqqanlar ota-onalarni universitetda yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or uslublar hamda talabalarning bilim olishi uchun keng imkoniyatlar bilan batafsil tanishtirdi. Shuningdek, dars jarayonlarining samaradorligi, kutubxona, sport va axborot-resurs markazlari faoliyati, turar joy masalalari haqida ham ma’lumot berildi.
Tadbirda ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalar ham ishtirok etib, ota-onalar o‘z farzandlarining tahsili va tarbiyasi masalalariga oid savollariga javob oldilar. Uchrashuv jarayonida so‘z olgan ota-onalar universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdilar.
Yakunda tomonlar kelgusida bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, ota-onalar va universitet o‘rtasida samarali hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.