Orqaga
Calendar icon

Bir dasturxon atrofida: talabalikning ilk qadamlari

Qoʻqon davlat universitetida yangi oʻquv yilining ilk kunlari iliqlik va samimiyat bilan boshlandi. Talabalik hayotiga ilk qadam qoʻygan birinchi bosqich yoshlarga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan milliy taomimiz — osh tayyorlanib, talabalar turar joylarida tarqatildi. Mazkur ezgu tashabbus nafaqat yoshlarga iliq kutib olish tuygʻusini bagʻishladi, balki talabalik davrining unutilmas ilk xotiralaridan biriga aylandi. Bir dasturxon atrofida yigʻilgan talabalar mehr-oqibat va doʻstlik rishtalarini mustahkamlab, kelajakdagi taʼlim safariga ilhom oldilar.