Hurmatli ustozlar, aziz talabalar va qadrli hamkasblar!
Siz azizlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik – xalqimizning azaliy orzu-umidlari ro‘yobga chiqqan, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va tarixiy merosimizni asrab-avaylash, mamlakatimiz taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi eng muhim tayanchimizdir.
Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim-tarbiya, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida erishilayotgan yutuqlar barchamizning ezgu intilishlari samarasidir. Qo‘qon davlat universiteti ham ushbu islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanib bormoqda. Joriy yilda universitetimizda yangi o‘quv binolarining foydalanishga topshirilgani, xalqaro hamkorlik loyihalarining kengaygani, talabalarimizning respublika va xalqaro tanlovlarda qo‘lga kiritgan yutuqlari, hamda ilmiy faoliyatda erishilgan sezilarli natijalar – barchamiz uchun quvonchli voqeadir.
Bu yutuqlarda siz, hurmatli professor-o‘qituvchilarimizning fidokorona mehnati, yoshlarmizning bilimga chanqoqligi va yuksak marralarga intilishi, shuningdek, jamoamizning jipsligi alohida o‘rin tutadi.
Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Mustaqil Oʻzbekistonimizning yanada ravnaq topishi yo‘lida birgalikda fidokorona xizmat qilishda bardavom bo‘laylik!
Bayram muborak, azizlar!
Dilnoza Xodjayeva, Qoʻqon davlat universiteti rektori