Tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun imtihon oʻtkazildi
Qoʻqon davlat universitetida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga va tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun belgilangan tartibda imtihon (suhbat) oʻtkazildi.
Ushbu jarayon doirasida abituriyentlarning kasbiy bilim va amaliy tajribasi sinovdan oʻtkazildi.
Ayni paytda imtihon (suhbat) natijalari universitet rasmiy veb-sayti www.kokandsu.uz'ga joylashtirildi. Quyidagi havola orqali topshirgan ta’lim yo‘nalishingiz bo‘yicha natijalar bilan tanishing: https://kokandsu.uz/practical_exam_help#
Maʼlumot oʻrnida, mazkur toifadagi abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadilar.