Orqaga
Calendar icon

"QDU" — kuchli uchlikda, yetakchilik sari intilmoqda

1-davra yakuniga ko'ra Ikkinchi liga "A" guruhida keskin kurash bormoqda. Musobaqa jadvalining yuqori qismida esa Qoʻqon davlat universitetining "QDU" jamoasi karvonboshilikka intilmoqda.

11 tur yakuniga ko‘ra, talabalarimiz 6 marta g‘alaba qozonib, 3 marta durang qayd etdi va atigi 2 uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Jamoa raqiblar darvozasini 21 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan atigi 10 ta gol o‘tkazgan. Bunday ishonchli himoya hozirda "QDU"ning kuchli tomoniga aylangan.

Hozircha jamoa 21 ochko bilan uchinchi pog‘onada bormoqda. Ammo peshqadamlar bilan farq katta emas: “Beshariq”da 26 ochko, “Baland Masjid”da esa 25. Demak, oldinda hal qiluvchi ikkinchi davra o‘yinlarida kerakli ochkolarni qoʻlga kiritish imkoniyati bor.