Orqaga
Calendar icon

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi

Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy birlik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida Qo‘qon davlat universiteti tomonidan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayramona tadbir tashkil etildi.

Joriy yil 23-avgust kuni “Dolzarb 90 kun” doirasida Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida Qo‘qon davlat universiteti tashabbusi bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tantanali bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida xushovoz san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari, yosh ijodkorlarning sahna ko‘rinishlari hamda qiziqarli va sovrinli sport o‘yinlari namoyish etildi.

Sport musobaqalari g‘oliblari universitet tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, milliy birlik va hamjihatlik ruhini keng targ‘ib etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.