"Siyosatdagi yoshlar" intellektual o‘yinida g‘oliblar aniqlandi
"Dolzarb 90 kun" doirasida yurtimizda yoshlarning siyosiy bilim va tafakkurini oshirish, ularni davlat boshqaruvi va ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishga undash maqsadida turli intellektual loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Qo‘qon davlat universitetida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual o‘yini tashkil etildi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi Qo‘qon shahar bo‘limi hamda Qo‘qon davlat universiteti hamkorligida mahalla yoshlari o‘rtasida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar siyosat, davlat boshqaruvi, huquqiy bilimlar va ijtimoiy hayotga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilim va tafakkur salohiyatini namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Intellekt” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoa hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.
Mazkur intellektual bellashuv yoshlarning siyosiy madaniyatini oshirish va ularni ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishga undashga xizmat qildi.