Hurmatli talabalikka tavsiya etilgan yoshlar!
Sizni oʻzim va Qo‘qon davlat universiteti jamoasi nomidan chin qalbimdan tabriklayman. Yuksak bilim va intilishlaringiz bilan oliy ta’lim dargohimizga qadam qo‘yishingiz — hayotingizdagi yangi va mas’uliyatli bosqichning boshlanishidir.
Universitetimiz sizning bilim olishingiz, kasbiy mahoratingizni oshirishingiz va intellektual salohiyatingizni yuzaga chiqarishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratadi. Sizdan esa fidoyilik, intilish va mehnatsevarlik talab etiladi.
Kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis va komil inson bo‘lishingizga ishonaman.
Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga esa shuni ta’kidlamoqchiman: bu hali hammasining yakuni emas. Siz uchun oliy ta’lim olish imkoniyatlari hanuz mavjud. Shu maqsadda universitetimizda “Maslahat markazi” faoliyat boshladi. Bu markaz sizga qo‘shimcha imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot beradi. Murojaat qiling — biz sizga yo‘l ko‘rsatamiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, o‘qishda omad va yangi marralarni zabt etishda ulkan zafarlar tilayman.
Dilnoza Xodjayeva, Qo‘qon davlat universiteti rektori