Fakultet haqida
Xorijiy filologiya fakultetida jami 89 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasida 28 nafar professor-o‘qituvchi mehnat qilmoqda. Ular tarkibida 1 nafar fan doktori (DSc), professor hamda 8 nafar falsafa doktori (PhD) mavjud. Xorijiy tillar metodikasi kafedrasida 26 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ular orasida 1 nafar fan doktori (DSc), dotsent, 10 nafar falsafa doktori (PhD) va 2 nafar ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, biroq ilmiy unvonga ega pedagoglar bor.
Fakultetlararo tillar kafedrasida esa 36 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedra tarkibida 1 nafar fan doktori (DSc), professor, 11 nafar falsafa doktori (PhD) hamda 1 nafar fan nomzodi faoliyat yuritadi. Ilmiy salohiyati yuksak bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jamoasi talabalarga zamonaviy bilim berish, xorijiy tillarni puxta o‘rgatish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Hozirgi kunda fakultetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 1660 nafar talaba tahsil olmoqda. Ular 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 60110900 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 60110900 – Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili), 60110900 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili, kechki ta’lim), 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili), 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) hamda 60112600 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) yo‘nalishlarida bilim olmoqda.
Fakultet xorijiy tillarni o‘qitish, tarjimonlik va filologiya sohalari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Yuksak sifatli ta'lim
Zamonaviy yondashuv
Ilmiy-tadqiqot
Innovatsion loyihalar
Amaliy yo'naltirish
Bilimni amaliyotga
Xalqaro hamkorlik
Global tajriba
Fakultet missiyasi
Zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar asosida raqobatbardosh, ijtimoiy mas’uliyatli, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda ularning natijalarini jamiyat taraqqiyotiga yo‘naltirish, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlovchi, yetuk shaxslarni tarbiyalash fakultet faoliyatining asosiy maqsadlaridan iborat.
Fakultetning ustuvor yo‘nalishlari:
- Xalqaro reyting agentliklari indikatorlari asosida ishlarni jadallashtirish.
- Iqtidorli talabalarni tanlash va ular bilan maxsus dasturlar asosida startap loyihalarni ishlab chiqish.
- Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda (Scopus, Web of Science) maqolalar chop etishni kengaytirish.
- Bakalavriat va magistratura bosqichlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish hamda platformalarni takomillashtirishga ko‘maklashish.
- Hududiy rivojlanishga bag‘ishlangan tadqiqotlar olib borish, analitik hisobotlar tayyorlash hamda interaktiv muloqotlarga malakali olim va mutaxassislarni jalb etish.
- Yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatiga ega yetuk shaxs sifatida tarbiyalash.
- O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi, innovatsion va ijodiy qarorlar qabul qila oladigan yangi avlod mutaxassislarini shakllantirish.
- Ta’lim jarayonini zamonaviy standartlar va global talablar asosida tashkil etish orqali talabalarni raqobatbardosh bilim, ko‘nikma va malakalarga ega etish hamda ularni global mehnat bozoriga tayyorlash.
- Raqamli va innovatsion ta’lim muhitini yaratish, elektron ta’lim tizimlari, sun’iy intellekt va masofaviy o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish.
- Xalqaro reytinglarda universitetning o‘rnini mustahkamlash, ilmiy natijalar va global hamkorlik orqali universitet brendini rivojlantirish.
- Universitetni kelajak liderlari, ijodiy mutaxassislar va global tajribaga ega yetuk kadrlarni tayyorlaydigan zamonaviy xalqaro ta’lim maskaniga aylantirish.
Ta'lim yo'nalishlari
Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
60110900 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
60110900 – Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili);
60110900 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili, kechki);
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili);
60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili);
60112600 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili).
Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari:
70110901 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
70230101 – Lingvistika (ingliz tili);
70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili).
Rahbariyat
Muxamedjanov Farxod Mansurovich
DekanBiografiya va ilmiy faoliyat
Botirov Adhamjon Abdumannonovich
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Qushbayev Farrux Quchqaraliyevich
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Qabul jadvali
Fakultet rahbariyati har chorshanba kuni soat 14:00 - 16:00 oralig'ida qabul o'tkazadi.
Yutuqlarimiz
Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot mavzulari doirasida izchil izlanishlar olib borilmoqda hamda respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan faol ishtirok etilmoqda. OAK ro‘yxatidagi va xalqaro indekslangan ilmiy jurnallarda maqolalar muntazam ravishda chop etilmoqda. Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etilib, bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari dolzarb ilmiy yo‘nalishlar asosida amalga oshirilmoqda. Kafedralar qoshida ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va mahorat darslari muntazam tashkil etilib, grant loyihalari hamda ilmiy tanlovlarda ishtirok etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalarini ta’lim jarayoniga joriy etish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Fakultet tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xalqaro professorlar va mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari, seminarlar hamda vebinarlar muntazam tashkil etilmoqda. Akademik mobillik dasturlari doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fakultet vakillari xalqaro konferensiyalar va ilmiy forumlarda faol qatnashmoqda. Shuningdek, qator xorijiy universitetlar bilan memorandum va hamkorlik shartnomalari imzolangan hamda xalqaro ilmiy loyihalar va qo‘shma tadqiqotlar bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda.
Mazkur sa’y-harakatlar natijasida fakultetning xalqaro hamkorlik geografiyasi kengayib, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati yuksalmoqda. Talabalarning ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortib, ta’lim dasturlarining xalqaro standartlarga muvofiqligi ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish ishlari izchil davom ettirilayotgani fakultetning ilmiy va xalqaro reyting ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.
Talabalar hayoti
Ma'lumotlar tez orada qo'shiladi.