Kafedra haqida
Fakultetlararo tillar kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Fakultetlararo tillar kafedrasining missiyasi — zamonaviy ta’lim standartlari asosida xorijiy va ona tilini chuqur o‘rgatish, kommunikativ kompetensiyaga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Fakultet
Xorijiy filologiya fakulteti
Kafedra mudiri
Yusufaliev Elyorjon Mashrabovich
Kafedra mudiri
Yusufaliev Elyorjon Mashrabovich
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
2025-yil 26-avgustdan — Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fakultetlararo tillar kafedrasi mudiri.
1980-yil 18-avgustda Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy. 2002-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat bosqichini, 2005-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Ilmiy unvoni — katta o‘qituvchi. Nemis va rus tillarini biladi. Harbiy maxsus unvoni yo‘q. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan. Xalq deputatlari kengashlari yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosi emas.
Mehnat faoliyatini 1998-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi sifatida boshlagan. 2003–2005-yillarda mazkur universitet magistratura bosqichida tahsil olgan. 2005–2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Olmos” aloqa tarmog‘ida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan. 2008–2009-yillarda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazida kunduzgi bo‘lim aspiranti bo‘lgan. 2009–2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Olmos” aloqa tarmog‘ida o‘rindoshlik asosida yetakchi mutaxassis sifatida ishlagan. 2010–2012-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Chet tillar kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritgan. 2012–2013-yillarda mazkur kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. 2013–2017-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika institutining Chet tillar va Fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri bo‘lib faoliyat olib borgan. 2017–2018-yillarda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. 2018–2020-yillarda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri bo‘lgan. 2020–2021-yillarda ushbu kafedrada o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2021–2022-yillarda Fakultetlararo chet tillari kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2022–2025-yillarda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda ingliz tili kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan. 2025-yildan Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy tillar kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida ishlagan. 2025-yil 26-avgustdan boshlab Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fakultetlararo tillar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra tarixi
Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti tarkibidagi Fakultetlararo tillar kafedrasi 1995-yil sentabr oyida “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. Ushbu kafedra universitetning barcha yo‘nalishlarida chet tillarini o‘qitish imkoniyatini yaratib, xorijiy tillar ta’limini rivojlantirishga xizmat qildi.
1995–1998-yillarda kafedra “Fakultetlararo chet tili” nomi ostida faoliyat yuritdi. Bu davrda chet tilini o‘qitishning kommunikativ yondashuvlari asosida malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
2022–2024-yillarda kafedra “Fakultetlararo tillar” nomi bilan faoliyat olib bordi. Ushbu davrda ingliz tili, amaliy o‘zbek va rus tili hamda “Davlat tilida ish yuritish” fanlari barcha yo‘nalishlarga o‘qitildi.
2024–2025-o‘quv yilida kafedra “Xorijiy tillar” nomi ostida faoliyat yuritdi. 2025–2026-o‘quv yilining sentabr oyidan boshlab esa “Fakultetlararo tillar” kafedrasi nomi bilan qayta tashkil etilib, o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Kafedrada Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili) yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ushbu yo‘nalishda nemis tili va adabiyotiga oid fanlar chuqur o‘qitilmoqda.
Shuningdek, kafedra tomonidan quyidagi fanlar barcha yo‘nalishlarga qamrovli tarzda o‘qitiladi: Xorijiy til, Kasbiy sohada xorijiy tillar (ECTS), Amaliy xorijiy til, Sportda xorijiy til, Ikkinchi xorijiy til, O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi, Akademik yozuv, Kasbiy nutq madaniyati, Nutq madaniyati, Amaliy o‘zbek (rus) tili, Davlat tilida ish yuritish, Hozirgi o‘zbek (rus) adabiy tili va boshqalar. Ushbu fanlar ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini chuqurlashtirishga hamda tilshunoslik sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
1995–1998-yillarda kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Salieva M.Y. rahbarlik qilgan.
1998–2004-yillarda dotsent F.M. Tillahodjayeva kafedra mudiri bo‘lgan.
2004–2006-yillarda katta o‘qituvchi A.I. Ziyaev rahbarlik qilgan.
2006–2012-yillarda katta o‘qituvchi Z.H. Masodiqova kafedra mudiri bo‘lgan.
2012–2017-yillarda katta o‘qituvchi E.M. Yusufaliyev kafedrani boshqargan.
2017–2022-yillarda katta o‘qituvchi Q.A. Ismoilov rahbarlik qilgan.
2022–2025-yillarda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent S. Alimsaidova kafedra mudiri bo‘lgan.
2025-yil avgust oyidan boshlab filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) E. Yusufaliyev kafedra mudiri etib tayinlangan va hozirgi kunda ham faoliyat yuritmoqda.
Kafedra missiyasi
Fakultetlararo tillar kafedrasining missiyasi — zamonaviy ta’lim standartlari asosida xorijiy va ona tilini chuqur o‘rgatish, kommunikativ kompetensiyaga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Fakultetlararo tillar kafedrasi o‘z faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib, bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalar o‘rnatgan. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasining Al-Farabi Kazakh National University, Malayziyaning Sultan Idris Education University hamda Finlandiyaning University of Jyväskylä bilan hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari ushbu xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish va stajirovka dasturlarida ishtirok etib kelmoqdalar. Bu jarayon ularning ilmiy-pedagogik malakasini oshirishga, zamonaviy pedagogik va ilmiy tajribalarni o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ushbu hamkorlik kafedra jamoasining xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oshirish hamda ta’lim jarayonini zamonaviy standartlar asosida tashkil etishga imkon yaratmoqda.
Fakultetlararo tillar kafedrasida 42 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning 35 nafari asosiy shtatda, 5 nafari ichki o‘rindoshlik, 2 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida ishlaydi. Shulardan 1 nafari fan nomzodi, 12 nafari esa falsafa doktori (PhD) hisoblanadi. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan bo‘lib, ilmiy salohiyat darajasi 40 foizni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda. Bu esa ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.