Kafedra haqida
Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasining missiyasi — zamonaviy lingvistik nazariyalar asosida xorijiy tillarni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish, yuqori malakali, raqobatbardosh filolog va tadqiqotchilarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlovchi mutaxassislarni shakllantirishdan iborat.
Fakultet
Xorijiy filologiya fakulteti
Kafedra mudiri
Ismailova Xilola Inomovna
Kafedra mudiri
Ismailova Xilola Inomovna
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
2025-yil 30-dekabrdan — Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi mudiri.
1978-yil 29-aprelda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy. 1999-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — ingliz tili. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Ilmiy unvoni yo‘q. Rus va ingliz tillarini biladi. Harbiy maxsus unvoni yo‘q. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan. Xalq deputatlari kengashlari yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosi emas.
Mehnat faoliyatini 1995-yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida boshlagan. 1999–2015-yillarda mazkur institutning Ingliz filologiyasi kafedrasida stajyor-o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2015–2023-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika institutining Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida stajyor-o‘qituvchi sifatida ishlagan. 2024-yilda ushbu kafedrada assistent-o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan. 2025-yilda Qo‘qon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida assistent-o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2026-yildan boshlab Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra tarixi
Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi Xorijiy filologiya fakultetining Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ikkiga — Xorijiy tillar metodikasi va Xorijiy tillar nazariyasi kafedralariga bo‘linishi natijasida shakllangan.
Kafedra tarixiga nazar tashlasak, u 2024-yilda tashkil etilib, “Xorijiy tillar nazariyasi” kafedrasi deb nomlangan. 2024–2025-yillarda kafedrani katta o‘qituvchi Muxamedjanov Farxod Mansurovich boshqargan. 2025-yil avgustdan 2025-yil dekabrgacha katta o‘qituvchi, f.f.f.d. (PhD) Tuxtasinova Zilola Mukumovna kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2026-yil yanvar oyidan boshlab katta o‘qituvchi, f.f.f.d. (PhD) Ismailova Xilola Inomovna kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.
2025-yil aprel oyida kafedralar yana Filologiya fakulteti tarkibida “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi nomi ostida birlashtirilib, o‘z faoliyatini davom ettirgan. 2025-yil sentabr oyidan boshlab esa kafedra qayta “Xorijiy tillar nazariyasi” kafedrasi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Kafedra o‘z faoliyatida ingliz tilini zamonaviy ehtiyojlarga mos ravishda rivojlantirish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish hamda ilmiy salohiyatga ega kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Qo‘qon davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi tashkil etilganidan buyon bir qator tajribali ustozlar rahbarlik qilgan bo‘lib, ularning faoliyati kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan:
- 2002–2005 — katta o‘qituvchi L.K. Ismoilova
- 2005–2007 — katta o‘qituvchi M.M. Ahmedov
- 2007–2008 — katta o‘qituvchi Sh.N. Rahimov
- 2008–2014 — katta o‘qituvchi, PhD A. Ziyayev
- 2015–2016 — katta o‘qituvchi O. Bektoshev
- 2016–2020 — katta o‘qituvchi E. Yusufaliyev
- 2020–2024 — dotsent, PhD O. Bektoshev
- 2024–2025 — dotsent, PhD V.V. Karimova
Kafedra missiyasi
Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasining missiyasi — zamonaviy lingvistik nazariyalar asosida xorijiy tillarni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish, yuqori malakali, raqobatbardosh filolog va tadqiqotchilarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlovchi mutaxassislarni shakllantirishdan iborat.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Hozirda Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasida 1 nafar professor (f.f.d., DSc), 4 nafar dotsent (f.f.f.d., PhD), 2 nafar ilmiy darajali katta o‘qituvchi (PhD), 4 nafar ilmiy darajasiz katta o‘qituvchi, 1 nafar ilmiy darajali assistent o‘qituvchi (PhD), 7 nafar ilmiy darajasiz assistent o‘qituvchi hamda 7 nafar stajyor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Kafedra jamoasining asosiy qismini yosh o‘qituvchilar tashkil etadi. Jami 27 nafar professor-o‘qituvchidan 1 nafari ichki o‘rindosh, 5 nafari tashqi o‘rindosh (doktorant), 21 nafari esa asosiy shtatda ishlaydi.
Yosh o‘qituvchilarga professor f.f.d. (DSc) Ziyayev A.Z., dotsent f.f.f.d. (PhD) Bektashev O.B., katta o‘qituvchilar f.f.f.d. (PhD) Tuxtasinova Zilola Mukumovna va Ismailova Xilola Inomovna, shuningdek katta o‘qituvchilar Jo‘rayeva Z. va Sodiqova S. biriktirilgan bo‘lib, ular yosh pedagoglarga ilmiy, pedagogik va uslubiy jihatdan muntazam yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqdalar.
Ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishida ham kafedrada bir qator ijobiy natijalarga erishilgan. Kafedra tashkil etilgandan so‘ng 2024–2025-yillarda 5 nafar o‘qituvchi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bugungi kunda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari o‘z dissertatsiya mavzulari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Xususan, Xorijiy filologiya fakulteti dekani, assistent-o‘qituvchi Muxamedjanov Farxod Mansurovich, katta o‘qituvchi Xoshimova D.R., assistent-o‘qituvchi Nishonova Sh.N. hamda stajyor-o‘qituvchi Boboyeva M.M. 2026-yilda dissertatsiya ishlarini himoya qilishni rejalashtirgan.
Kafedra xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalar o‘rnatgan. Jumladan, Abai Kazakh National Pedagogical University, Al-Farabi Kazakh National University, Osh State University, Uzbek-Kyrgyz State University hamda Tojikiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar muntazam ravishda xorijiy universitetlarda stajirovka va malaka oshirish kurslarida ishtirok etib kelmoqdalar. Bu jarayon ularning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik tajribalarni o‘zlashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati 30 foizni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda, bu esa ta’lim sifati hamda ilmiy-tadqiqot samaradorligini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.