Xorijiy tillar metodikasi kafedrasi

Kafedra haqida

Xorijiy tillar metodikasi kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.

Xorijiy tillar metodikasi kafedrasining missiyasi — zamonaviy ta’lim standartlari asosida xorijiy tillarni o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini rivojlantirish, yuqori malakali, raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, ijodkor va mustaqil fikrlovchi mutaxassislarni shakllantirishdan iborat.



Fakultet

Xorijiy filologiya fakulteti

Kafedra mudiri

Najmeddinov Ahmad Rahmatovich

Kafedra tarixi

Qo‘qon davlat universiteti “Xorijiy tillar metodikasi” kafedrasi tarixi Qo‘qon davlat pedagogika institutining Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til kafedrasi faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.


Kafedra professor-o‘qituvchilari dastlabki yillardan boshlab Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini o‘qitish metodikasidan saboq berib kelishgan. Hozirgi kunga qadar ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga chet tilini o‘qitishning amaliy va metodik jihatlari o‘qitib kelinmoqda.


O‘tgan davr mobaynida kafedraga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ergashev Muhammadjon Raxmonovich hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Karimova Vasila Vahobovna mudirlik qilganlar. Ushbu davrda talabalar ingliz tili bo‘yicha yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirishga qaratilgan bir qator metodik yangiliklar joriy etilgan.


2020–2023-yillarda kafedra mudiri sifatida Ergashev Muhammadjon Raxmonovich faoliyat yuritgan. Bu davrda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim jarayonini tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish va baholashning konseptual asoslari ishlab chiqilgan.


2024–2025-yillarda kafedra mudiri vazifasini Karimova Vasila Vahobovna bajargan. Ushbu davrda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan, shuningdek, kasbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim standartlarini takomillashtirish ishlari olib borilgan.


2025-yil sentabr oyidan boshlab kafedraga Najmeddinov Ahmad Rahmatovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra missiyasi

Xorijiy tillar metodikasi kafedrasining missiyasi — zamonaviy ta’lim standartlari asosida xorijiy tillarni o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini rivojlantirish, yuqori malakali, raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, ijodkor va mustaqil fikrlovchi mutaxassislarni shakllantirishdan iborat.



Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yutuqlari

Bugungi kunda “Xorijiy tillar metodikasi” kafedrasida 30 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ularning 10 nafari PhD, 6 nafari dotsent, 2 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafari assistent-o‘qituvchi va 5 nafari stajyor-o‘qituvchilardir.


Kafedra ilmiy-uslubiy yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan:

  • National University of Singapore
  • George Washington University
  • Universiti Teknologi MARA
  • Chandigarh University
  • Al-Farabi Kazakh National University
  • South Kazakhstan University named after M. Auezov
  • Kh.Dosmukhamedov Atyrau University
  • Shakarim University
  • NILE Norwich Institute for Language Education
  • Sultan Idris Education University
  • Marmara University
  • Tokat Gaziosmanpasa University
  • National University of Uzbekistan
  • Samarkand State University
  • Andijan State Institute of Foreign Languages


Kelajakda kafedrada xorijiy talabalar ulushini oshirish maqsadida hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda talaba almashinuv dasturlarini kengaytirish rejalashtirilgan.