Malayziyaning nufuzli oliygohi bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universiteti hamda Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Universiti Teknologi MARA o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki tomonlama akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni tashkil etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Universiti Teknologi MARA faoliyati, uning xalqaro reytinglardagi o‘rni haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib borilib, savol-javoblar va takliflar almashildi.
Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.