Fakultet dekanlari talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Qo‘qon davlat universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Aniq fanlar va muhandislik fakulteti dekani Dilshod Aroyev hamda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Farhod Mehammadjonov tomonidan talabalar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlarning ilmiy, ma’naviy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni universitet hayotiga faol jalb etish hamda kelajakdagi professional va shaxsiy maqsadlariga yo‘naltirishga qaratilgan.
Uchrashuvlar davomida fakultet dekanlari talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot olib bordilar. Ular yoshlarni o‘z maqsadlarini belgilash, mustaqil fikrlash va o‘z ustida doimiy ishlashga undash, shuningdek, ta’lim jarayonida samarali faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha muhim tavsiyalar berishdi.
Decanlar o‘z nutqlarida talabalarga soha bo‘yicha o‘z tajribalari va kasbiy yo‘l-yo‘riqlarini o‘rtoqlashib, ilm-fan, texnologiya va til o‘rganishdagi muvaffaqiyatlarga erishishning strategiyalari bilan tanishtirdilar. Xususan, Aniq fanlar va muhandislik fakulteti decani Dilshod Aroyev talabalarni amaliy loyihalarda ishtirok etishga, innovatsion g‘oyalarni sinab ko‘rishga va ilmiy tadqiqotlarga faol jalb qilinishga chaqirdi.
Shuningdek, Xorijiy filologiya fakulteti decani Farhod Mehammadjonov talabalarni xorijiy tillarni mukammal o‘rganish, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va xalqaro platformalarda o‘z salohiyatlarini namoyon qilishga undadi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar, va decanlar har bir savolga batafsil javob berib, amaliy maslahatlarga boy muloqot tashkil etdilar.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘z fikrlarini bildirish bilan birga, bunday samimiy uchrashuvlar ularning professional va shaxsiy rivojlanishida muhim rol o‘ynashini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, uchrashuvlar universitet ma’muriyati tomonidan doimiy tarzda o‘tkazilishi, yoshlarni ma’naviy va intellektual jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun zarur ekanligi qayd etildi.
Mazkur uchrashuv talabalarni universitet hayotiga faol jalb qilish, ularning ilmiy, ma’naviy va ijodiy salohiyatini oshirish, shuningdek, kelajakdagi professional va shaxsiy muvaffaqiyatlariga tayyorlashga xizmat qiladigan muhim ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.