Prorektor ijara xonadonlarida bo‘ldi
Qo‘qon davlat universitetida talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ta’lim bilan bir qatorda hayotiy qulayliklarini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Bugun Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ahmajon Husanov, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Barnoxon Hasanova, xotin-qizlar boʻyicha inspektor Zulhumor Hayitova va tyutorlardan iborat ishchi guruh mahallalarda ijarada yashayotgan talabalar xonadonlariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimlari, gigiyenik sharoitlar, yong‘in xavfsizligi talablari va yaratilgan qulayliklar o‘rganildi. Shuningdek, ayrim kamchiliklar joyida aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha xonadon egalari hamda mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Suhbat chog‘ida talabalarning dars jarayonlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy faoliyatdagi ishtiroklari ham muhokama qilindi. Ularning taklif va fikrlari tinglanib, zarur yordam choralari belgilab olindi.
Mazkur tashriflar talabalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni doimiy e’tiborda tutish hamda ta’lim muassasasi va talabalar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.