Orqaga
Calendar icon

“Oqila qizlar” — iqtidor va orastalik namoyishi

Pedagogika va psixologiya fakultetida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Oqila qizlar” nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi talaba qizlarning iste’dodi, bilim salohiyati, sahna madaniyati, orastalik hamda tashabbuskorlik fazilatlarini namoyon etishdan iborat bo‘ldi.

Tanlovda fakultetning faol, izlanuvchan va iste’dodli qizlari ishtirok etishib, turli shartlar orqali o‘z zakovati, iqtidorini, sahnadagi o‘zini tutish madaniyatini va ijtimoiy faolligini namoyish etdilar.

Baholash jarayonida hakamlar hay’ati ishtirokchilarning chiqishlarini diqqat bilan kuzatib, ularning ijrosi, nutqi, sahna madaniyati va tashabbuskorligiga alohida e’tibor qaratdi.

Tanlov yakunida g‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildi:

“Orasta qiz” — Na’munaxon Rustamjonova

“Zukko qiz” — Gulsanamxon Nosirova

“Bilimdon qiz” — Muslimaxon Rasuljonova

“Iste’dodli qiz” — Charosxon O‘rmonova

Mazkur tanlov nafaqat talaba qizlarning iqtidorini yuzaga chiqardi, balki ularni faollikka, tashabbuskorlikka va ijtimoiy hayotda yanada faol ishtirok etishga ruhlantirdi.