Orqaga
Calendar icon

“Zakovat” – Universitet ligasi: uchinchi tur qizg‘in bahslar bilan o‘tdi

Qo‘qon davlat universitetida “Zakovat” intellektual o‘yinining Universitet ligasi uchinchi turi haqiqiy bilim va tafakkur sinoviga aylandi.

Unda universitetimizning barcha fakultetlaridan 13 ta jamoa ishtirok etib, o‘zaro bilim, mantiq va zukkolikda bellashdi. Har bir savolga berilgan javob jamoalarning tafakkur teranligi va aqliy salohiyatidan darak berdi.

Tadbirda universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov ishtirok etib, jamoalarga muvaffaqiyat tiladi hamda o‘yinni kuzatib bordi.

Ayni paytda “Huquqshunos”, “Fenix” va “Miks” jamoalari peshqadamlikni qo‘lga kiritgan.

Ammo musobaqa hali yakunlanmagan — oldinda yana 8 ta tur bor! Har bir bosqichda jamoalar yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi va umumiy ballar jamlanib boradi.

Demak, kurash endigina avjiga chiqmoqda — intellektual chempionlik sari yo‘l davom etmoqda!