Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universitetining Gumanitar fanlar va tillar fakultetida xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, katta leytenant Z. Haitova ishtirok etdi. U talabalar bilan muloqot chog‘ida tazyiq va zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari, ularning huquqiy jihatlari, shuningdek, bunday holatlarning oldini olishda huquqiy ong va madaniyatni oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, mutaxassis tomonidan ularga batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir yoshlarni zo‘ravonlikka qarshi murosasiz bo‘lish, o‘z huquqlarini bilish va himoya qilishga da’vat etish maqsadida tashkil etildi.