Orqaga
Calendar icon

Talabalar xavfsizlik saboqlarini amalda o‘rgandi

Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakultetida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda zarur ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida Qo‘qon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda maxsus taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga favqulodda holatlarda xavfsizlik choralarini ko‘rish, vaziyatni to‘g‘ri baholash va zarur amaliy harakatlarni bajarish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, maxsus texnik vositalar jalb qilingan holda amaliy ko‘rsatmalar o‘tkazildi. Bu jarayon talabalarga favqulodda vaziyatda o‘zini tutish, atrofdagilarga yordam berish va harakatni muvofiqlashtirish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni amalda o‘rganish imkonini berdi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi. Berilgan javoblar esa ishtirokchilarning bilimini mustahkamlab, ularning xavfsizlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.