Orqaga
Calendar icon

“Milliy libos – millat qiyofasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon davlat universiteti Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fakultetida “Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi. Dastur davomida milliy liboslarning o‘ziga xosligi, ularning xalqimiz tarixi va madaniyatidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, milliy liboslar namoyishi hamda kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Ushbu tadbir yoshlarda milliy qadriyatlarni qadrlash, milliy liboslarimizga mehr va g‘ururni yanada oshirishga xizmat qildi.