Orqaga
Calendar icon

“QDU”dan g‘alabali o‘yin – 6:3!

Bugun Qo‘qon davlat universitetining “QDU” futbol jamoasi o‘z maydonida “Beshariq” jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv yuqori darajadagi gollarga boy tarzda o‘tdi.

Tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan bahsda qo‘qonlik futbolchilar raqib darvozasiga 6 ta gol kiritishdi. “Beshariq” jamoasi esa 3 ta gol bilan javob qaytardi.

Shu tariqa, “QDU” jamoasi 6:3 hisobida zafar quchib, navbatdagi muhim g‘alabasini qo‘lga kiritdi.