Orqaga
Calendar icon

Talabalar ijodida Vatanga muhabbat tarannum etildi

Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Vatanni sevmoq asli iymondandur, iymondur!” nomli ma’rifiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni fakultet dekani, professor Dilnoza Jamoliddinova ochib berib, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishning dolzarb ahamiyatiga to‘xtaldi.

Dastur davomida talabalar Vatan va millatga muhabbat, fidoyilik va sadoqat g‘oyalari bilan sug‘orilgan she’rlar, qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Mazkur ma’rifiy-badiiy tadbir talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda yurtga sadoqat, milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.