Fakultet haqida
Fakultetda kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha jami 19 ta bakalavriat hamda 7 ta magistratura yo‘nalishida kadrlar tayyorlanmoqda.
Mazkur yo‘nalishlar Kimyo va ekologiya, Biologiya, Geografiya va iqtisodiyot hamda Fizika va astronomiya kafedralari tarkibiga kiradi.
Hozirgi kunda fakultetda jami 1779 nafar bakalavriat talabalari va 50 nafar magistrant tahsil olmoqda.
Ta’lim shakllari kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- kunduzgi ta’lim shaklida — 1359 nafar;
- sirtqi ta’lim shaklida — 261 nafar;
- masofaviy ta’lim shaklida — 159 nafar.
Shuningdek, fakultet tarkibidagi kafedralarda hozirgi vaqtda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda:
02.00.10 — Bioorganik kimyo
02.00.09 — Tovar kimyosi
02.00.11 — Kolloid va membrana kimyosi
03.00.13 — Tuproqshunoslik
03.00.06 — Zoologiya
11.00.01 — Tabiiy geografiya.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha 36 nafar tayanch doktorant (PhD) hamda 02.00.09 — Tovar kimyosi ixtisosligi bo‘yicha doktorantlar (DSc) ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Yuksak sifatli ta'lim
Zamonaviy yondashuv
Ilmiy-tadqiqot
Innovatsion loyihalar
Amaliy yo'naltirish
Bilimni amaliyotga
Xalqaro hamkorlik
Global tajriba
Fakultet missiyasi
Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetining missiyasi — zamonaviy bilim va innovatsiyalar asosida yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda tabiiy fanlar va iqtisodiyot yo‘nalishlari integratsiyasi orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
Ta'lim yo'nalishlari
Ta’lim yo‘nalishlari (Bakalavriat)
60530100-Kimyo,
60110800-Kimyo,
60520200-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
60510100-Biologiya,
60110900-Biologiya
60530500-Fizika,
60110700-Fizika va astronomiya, 60530700-Astronomiya
60530200-Geografiya,
60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari,
60410100-Iqtisodiyot,
60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
60410800-Menejment,
60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
60410600-Bank ishi,
61010400-Logistika,
60411000-Inson resurslarini boshqarish,
60410900-Biznesni boshqarish,
60410200-Buxgalteriya hisobi
Ta’lim yo‘nalishlari (Magistratura)
70530104 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo)
70510105 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)
70530510 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya)
70530504-Yarimoʻtkazgichlar fizikasi
70530203 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)
70410102-Iqtisodiyot
70411001-Inson resurslarini boshqarish
Rahbariyat
Xo’jayev Vahobjon Umarovich
DekanBiografiya va ilmiy faoliyat
Alikulov Akmal Akramovich
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Noʻmonov Baxtiyorjon Omonjonovich
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Sultonov Ravshanjon Rustamovich
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosariBiografiya va ilmiy faoliyat
Qabul jadvali
Fakultet rahbariyati har chorshanba kuni soat 14:00 - 16:00 oralig'ida qabul o'tkazadi.
Kafedralar
Yutuqlarimiz
Iqtidorli talabalar bilan muntazam olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida respublika va xalqaro miqyosda yuqori natijalarga erishilmoqda.
Jumladan, fakultet talabalari orasidan:
- 1 nafar Prezident stipendiyasi,
- 2 nafar Islom Karimov stipendiyasi,
- 10 nafar Mirzo Ulug‘bek stipendiyasi,
- 10 nafar Alisher Navoiy stipendiyasi,
- 1 nafar Abu Rayhon Beruniy stipendiyasi sohiblari yetishib chiqqan.
Shuningdek, fan olimpiadalarida ham salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Xususan, so‘nggi ikki yil davomida Geografiya yo‘nalishi bo‘yicha 2 nafar talaba birinchi o‘rinni, 1 nafar talaba esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Mazkur natijalar fakultetda ta’lim sifati izchil oshib borayotganini, ilmiy salohiyat mustahkamlanayotganini hamda iqtidorli yoshlar bilan samarali ishlar yo‘lga qo‘yilganini yaqqol namoyon etadi.
“Tabiiy fanlar va iqtisodiyot” fakulteti nafaqat ta’lim va ilmiy yo‘nalishda, balki moddiy-texnik bazani mustahkamlash borasida ham sezilarli natijalarga erishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 28-iyun kuni o‘tkazilgan faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashuv videoselektor yig‘ilishining 31-sonli bayoni 3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon davlat universitetida muhim amaliy ishlar amalga oshirildi.
Talabalar hayoti
Ma'lumotlar tez orada qo'shiladi.