Kafedra haqida
Texnologik ta’lim va kutubxonashunoslik kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Texnologik ta’lim kafedrasining missiyasi — zamonaviy ishlab chiqarish va ta’lim tizimi talablariga mos, yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan hamda innovatsion texnologiyalarni qo‘llay oladigan pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Kafedra ta’lim sifatini oshirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish orqali raqobatbardosh mutaxassislarni yetishtirishga xizmat qiladi.
Fakultet
Boshlang‘ich va texnologik taʼlim fakulteti
Kafedra mudiri
Tursunov Jurabek Egamberdievich
Kafedra mudiri
Tursunov Jurabek Egamberdievich
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Kafedra tarixi
Texnologik ta’lim kafedrasi 1991-yilda “Umumtexnika fanlari kafedrasi” nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, umumtexnika fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. Kafedraga dastlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent I. Karimov rahbarlik qilgan (1991–1995). 2010-yilda kafedra “Umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi” nomini olgan.
Kafedra faoliyati davomida I. Karimov, F. Badriddinov, B. Olimov, A. Husanov, X. Rahmonov kabi mutaxassislar rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda kafedrada pedagogika fanlari nomzodlari va professorlar, dotsentlar, katta o‘qituvchilar hamda o‘qituvchilar faoliyat yuritib, bakalavr va magistratura talabalariga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
Kafedrada 7 nafar fan nomzodi mavjud bo‘lib, ilmiy salohiyat 35 foizni tashkil etadi. 60111300 – Texnologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, 2024–2025 o‘quv yilidan boshlab 70112301 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) magistratura mutaxassisligi ochilib, malakali magistrlar tayyorlanmoqda.
Kafedra missiyasi
Texnologik ta’lim kafedrasining missiyasi — zamonaviy ishlab chiqarish va ta’lim tizimi talablariga mos, yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan hamda innovatsion texnologiyalarni qo‘llay oladigan pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Kafedra ta’lim sifatini oshirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish orqali raqobatbardosh mutaxassislarni yetishtirishga xizmat qiladi.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1991–2026-yillar davomida keng ko‘lamli ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 7 ta nomzodlik dissertatsiyasi, 13 ta darslik, 24 ta o‘quv qo‘llanma, 36 ta uslubiy qo‘llanma va 45 ta uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan. Shuningdek, 342 ta ilmiy maqola (shundan 82 tasi xorijiy nashrlarda), 386 ta uslubiy maqola (103 tasi xorijiy nashrlarda) hamda 422 ta tezis (95 tasi xalqaro miqyosda) chop etilgan.
Kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyati xalqaro hamkorlik asosida rivojlanib, Qozon Federal universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti hamda boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Kafedra tashkil etilgan davrdan boshlab bir qator yirik ilmiy natijalarga erishilgan: I. I. Karimov 1995-yilda Moskva shahrida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning ilmiy rahbarligida B. U. Olimov 2008-yilda dissertatsiya yoqlagan. Shuningdek, J. E. Tursunov, M. Ikrаmova, M. S. Usmonova, B. Umrzaqov (pedagogika yo‘nalishi) hamda X. T. Rahmonov (texnika yo‘nalishi) PhD darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Kafedra olimlari Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Gollandiya, Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va Ukraina kabi mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida maqolalar chop etib kelmoqdalar. Umuman olganda, 288 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar respublika va xalqaro jurnallarda e’lon qilingan, 210 dan ortiq ilmiy-ma’ruza ilmiy anjumanlarda taqdim etilgan.
Hozirgi kunga qadar 7 nafar professor-o‘qituvchi dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan, 5 nafar pedagog PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 nafar o‘qituvchi Qozon Federal universiteti va Janubiy-Qozog‘iston universitetida stajirovkadan o‘tgan. So‘nggi o‘quv yilida 3 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya nashr etilgan hamda Scopus va Web of Science bazalarida 8 ta ilmiy maqola chop etilgan.