Kafedra haqida
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi kafedrasi Qo‘qon davlat universitetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi.
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasining missiyasi — boshlang‘ich ta’lim sohasida yuqori malakali, zamonaviy pedagogik va metodik kompetensiyalarga ega, innovatsion fikrlaydigan o‘qituvchilarni tayyorlashdan iborat. Kafedra ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, raqamli va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Fakultet
Boshlang‘ich va texnologik taʼlim fakulteti
Kafedra mudiri
Nizamova Shaxnoza Ubaydullayevna
Kafedra mudiri
Nizamova Shaxnoza Ubaydullayevna
Kafedra mudiriBiografiya va ilmiy faoliyat
Kafedra tarixi
Qo‘qon davlat universiteti Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fakulteti tarkibidagi Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi boshlang‘ich ta’lim fanlarini chuqur o‘qitish hamda ushbu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi. Kafedraning o‘quv dasturlari va ilmiy-tadqiqot faoliyati innovatsion yondashuvlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim fanlarining uzviy integratsiyasiga tayangan.
Kafedra 1977-yilda “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, uning rivojlanish jarayonida bir qator tajribali olim va pedagoglar rahbarlik qilgan. Dastlab Erkinjon Toshpo‘latov mudirlik qilgan. Keyingi yillarda kafedra nomi va tarkibi bir necha bor o‘zgargan, turli davrlarda R. Shukurov, M. Xalilov, S. To‘ychiev, Z. Isaqov, D. Jamolitdinova, G‘. Rahmonov, A. To‘raxojayeva hamda boshqa yetakchi mutaxassislar rahbarlik qilgan.
2021-yildan boshlab Sh. Sh. Qalandarov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratgan. 2024-yildan boshlab kafedra ikki yo‘nalishga ajratilgan bo‘lsa-da, hozirgi kunda yana yagona “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Hozirda kafedrada 40 nafar asosiy shtatdagi va 6 nafar o‘rindosh o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda, ilmiy salohiyat esa 45 foizni tashkil etadi. Kafedra zamonaviy ta’lim standartlariga mos ravishda rivojlanib, pedagogik tadqiqotlar va innovatsion metodlarni joriy etishga yo‘naltirilgan.
Kafedra missiyasi
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasining missiyasi — boshlang‘ich ta’lim sohasida yuqori malakali, zamonaviy pedagogik va metodik kompetensiyalarga ega, innovatsion fikrlaydigan o‘qituvchilarni tayyorlashdan iborat. Kafedra ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, raqamli va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kafedra o'qituvchilari
Kafedra yutuqlari
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘z faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalar o‘rnatgan. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasining Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti, Ozarbayjon Respublikasining Boku davlat universiteti hamda Turkiyaning Otaturk universiteti bilan hamkorlik munosabatlari faol yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari ushbu xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muntazam stajirovkalar o‘tamoqda. Bu jarayon ularning ilmiy-pedagogik malakasini oshirish, zamonaviy pedagogik va ilmiy tajribalarni o‘zlashtirish hamda xalqaro standartlar asosida ta’lim sifatini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
Hozirda kafedrada 46 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi: 40 nafari asosiy shtatda, 4 nafari ichki o‘rindoshlik, 2 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida ishlaydi. Ularning 2 nafari fan nomzodi, 18 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Kafedraning ilmiy salohiyati 45 foizni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda.