Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi

Talabalarning ma'naviy-axloqiy kamolotini ta'minlash va ularni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash

Bo'lim boshlig'i

Maxmudjonov Asrorjon Baxromovich

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshligʻi

Qabul kunlari:

Dushanbadan Jumagacha

9:00 - 16:30 (Tushlik: 12:00-13:00)

Telefon:

+998944933388

Elektron pochta:

qdpi_kadr@mail.ru

Bo'lim haqida

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi 1996-yilda tashkil etilgan bo'lib, uning faoliyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, shuningdek Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining qo'shma qarorlari asosida tashkil etilgan.

Bo'limda 5 ta shtat birligida 1 ta bo'lim boshlig'i va 4 ta uslubchi lavozimida xodimlar faoliyat yuritadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2017-yil 23-avgustdagi 600-sonli buyrug'iga asosan ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tasarrufida to'rt nafar uslubchi, talabalar turar joylarining har birida tarbiyachi-pedagog va universitet psixologi lavozimlari joriy etildi.

Bo'limning asosiy yo'nalishlari

Ma'naviy-axloqiy tarbiya

Talabalarni yuksak ma'naviyat, milliy g'urur, bag'rikenglik, vatanparvarlik va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

Ijtimoiy faollik

Yoshlarni turli loyihalar, tashabbuslar, ko'ngillilar harakati, startap va innovatsion ishlanmalar orqali rag'batlantirish.

Bo'sh vaqtni tashkil etish

Talabalar uchun sport, madaniyat, san'at, teatr, adabiyot, texnika ijodkorligi, ilmiy to'garaklar va klub faoliyatini yo'lga qo'yish.

Ma'rifiy-profilaktik ishlar

Yoshlarni zararli odatlardan, giyohvandlik va alkogolizm, diniy-ekstremistik va buzg'unchi g'oyalardan asrash.

Milliy qadriyatlar

An'anaviy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk allomalar merosiga bag'ishlangan tadbirlarni tashkil etish.

Hamkorlik aloqalari

Mahalla, davlat va nodavlat tashkilotlari, yoshlar ittifoqi, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlik.

Kasbiy yo'naltirish

Talabalarni kelajak kasbiga tayyorlash, malaka oshirish va amaliyot imkoniyatlarini kengaytirish.

Monitoring va tahlil

Amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholash, talabalar ehtiyojlarini aniqlash va yangi dasturlar ishlab chiqish.

Bo'limning maqsadi

Oliy ta'lim muassasasida talabalarning ma'naviy-axloqiy kamolotini ta'minlash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, yurtparvarlik va fuqarolik mas'uliyati ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish.

Bo'lim faoliyati

Bo'lim quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari va asarlarini o'rganish bo'yicha anjumanlar va taqdimotlar, targ'ibot tadbirlarini tashkil etish.
  • Professor-o'qituvchi, ishchi-xodim va talabalarni mamlakatimizning ma'naviy, siyosiy, iqtisodiy sohalaridagi yutuqlari bilan muntazam tanishtirish.
  • "Ma'rifat darsi" mashg'ulotlarini tashkil etish.
  • Talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g'oyalariga sodiq etib tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv, ochiq muloqot, davra suhbatlari va ko'rik-tanlovlar o'tkazish.
  • Talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida fan, badiiy-havaskorlik, sport to'garaklari, klublarning muntazam faoliyat ko'rsatishini ta'minlash.
  • Professor-o'qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etish.
  • Respublika, viloyat, shahar miqyosida o'tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, sanaviy va milliy bayramlarni keng nishonlash ishlarini tashkil etish.
  • Respublikaning yetakchi oliy o'quv yurtlari bilan muntazam tajriba almashish.
  • Ota-onalar, mahalla fuqarolar yig'inlari, ma'naviyat va ma'rifat markazi, jamoat tashkilotlari hamda jamg'armalar bilan o'zaro hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish.

Qo'shimcha ma'lumot

Har qanday savol yoki taklifingiz bo'lsa, quyidagi kontaktlar orqali bog'lanishingiz mumkin:

+998 73 542 38 38
kokandsu@exat.uz