Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi

Talabalarning ilmiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlash

Bo'lim boshlig'i

M. Jo'rayev

Bo'lim boshlig'i

Qabul kunlari:

Seshanba, Juma

Telefon:

+998905076036

Email:

abbabb257@gmail.com

Bo'lim Muhandislari

M

M. Abdullayeva

Bo'lim muhandisi

B

B. Hayitov

Bo'lim muhandisi

S

S. O'rinboev

Bo'lim muhandisi

Bo'lim Vazifalari

1

O'zbekiston Respublikasining ta'limga oid Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay'at Qarorlari, buyruqlari, xatlari shuningdek, rektor buyruqlari bajarilishini ta'minlash;

2

O'zbekiston Respublikasining ta'limga oid Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;

3

Oliy ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish;

4

Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo'lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutash, qat'iy harakat qilish, OTM strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga;

5

Bo'limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

6

Bo'limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta'minlash;

7

Iqtidorli yoshlarning ijodiy faolligi, ilmiy salohiyati va saviyasini o'sishiga ko'maklashish;

8

Ishlab chiqarishda yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun iqtidorli talabalarni izlash va aniqlash;

9

Iqtidorli yoshlarni tanlash va izlashda, tegishli so'rovnomalar o'tkazish asosida ularning qat'iyatlik bilan maqsadga intiluvchanligi, mehnatsevarligi va qobiliyatini aniqlash;

10

Talabalarning qobiliyati, maqsadli guruhlarga ajratib, ma'lumotlar bazasini tashkil etishni ta'minlash va nazorat qilish;

11

Mutaxassislik kafedralardagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish;

12

Kafedra to'garaklarda, professor-o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilg'or ilmiy-tadqiqot ishlarini nazorat qilish;

13

Talabalarga turli to'garaklar tashkil etish hamda olimpiada va tanlovlarda, respublika hamda xalqaro miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda ma'ruza bilan ishtirok etishlarini ta'minlash;

14

Talabalar ilmiy ishlariga oid ilmiy to'plamlarni chop etilishini ta'minlash;

15

Iqtidorli talabalar faoliyati haqidagi ma'lumotni kafedra yig'ilishlari, fakultet ilmiy kengashlari va institut Ilmiy-texnikaviy kengashida muntazam ravishda muhokama qilish;

16

Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko'maklashish, talaba va magistrlar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash;

17

O'zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;

18

Iqtidorli talabalar uchun turli ko'rgazmalar, konferensiyalar va Start-up loyihalar tanlovini tashkil etish.

Ilmiy Faoliyat va Yutuqlar

Talabalar Ilmiy Tadqiqotlari

  • Ilmiy to'garaklar va loyihalar
  • Respublika va xalqaro olimpiadalar
  • Ilmiy konferensiyalar va ma'ruzalar
  • Start-up loyihalarini rivojlantirish
  • Ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etish

Erishilgan Yutuqlar

  • Prezident stipendiyasi sovrindorlari
  • Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Zulfiya nomidagi stipendiyalar
  • Xalqaro tanlov va ko'rgazmalarda g'oliblik
  • Ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalar
  • Innovatsion loyihalar va ixtirolar

Qo'shimcha ma'lumot

Har qanday savol yoki taklifingiz bo'lsa, quyidagi kontaktlar orqali bog'lanishingiz mumkin:

+998 73 542 38 38
kokandsu@exat.uz