Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pegagogika kadrlarni tayyorlash bo'limi

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonlarini boshqarish

Bo'lim boshlig'i

Bazarov Otabek Odilovich

Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻlimi boshligʻi

Qabul kunlari:

Dushanbadan Jumagacha

9:00 - 16:30 (Tushlik: 12:00-13:00)

Telefon:

+998909741765

Elektron pochta:

ob4781880@gmail.com

Bo'lim haqida

Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi universitetning asosiy tarkibiy bo'linmalaridan biri bo'lib, ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonlarini boshqarish vazifasini bajaradi.

Mazkur bo'lim universitetda ilmiy ishlar va innovatsion faoliyatni tashkil etish, professor-o'qituvchilar hamda tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan. Bo'lim o'z faoliyatini universitet rektori buyrug'u va Ilmiy kengash qarorlari asosida, tegishli nizomga muvofiq olib boradi.

Bo'limning asosiy vazifasi - universitetda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (PhD, DSc) tayyorlash jarayonini tashkil etish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etishni ta'minlashdan iborat.

Bo'limning asosiy vazifalari

Ilmiy-tadqiqot faoliyati

  • Universiteting yillik ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini ishlab chiqish va ijrosini muntazam nazorat qilish
  • Ilmiy seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar o'tkazilishiga ko'maklashish
  • Fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi innovasion-korporativ hamkorlikni rivojlantirish

Oliy ta'limdan keyingi ta'lim

  • Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilar qabulini tashkil etish
  • Doktorantlarni belgilangan muddatlarda attestatsiyadan o'tkazish
  • Mustaqil izlanuvchilarni yilda 4 marta qabul qilish va reyestr papkalarini shakllantirish

Tashkiliy va huquqiy ishlar

  • Elektron platformalar orqali kelgan hujjatlar va buyruqlar ijrosini ta'minlash
  • Ilmiy darajaga ega xodimlarga qo'shimcha haq belgilash jarayonini tashkil etish
  • Yiliga 4 marta malakaviy imtihon jarayonlarini tashkil etish

Bo'lim faoliyati tafsilotlari

Ilmiy-tadqiqot faoliyati

  • Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish
  • Ilmiy nashrlar bazasini rivojlantirish, tadqiqotlarni adabiyotlar va statistik ma'lumotlar bilan ta'minlash
  • Dissertatsiya ishlaridagi ilmiy yangiliklarni ta'lim va ilmiy faoliyat jarayoniga joriy etish
  • Eng yaxshi ilmiy tadqiqot ishlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish
  • Universitet jurnaliga maqolalarni qabul qilish va jurnalni tayyorlash

Doktorantura va mustaqil izlanuvchilar

  • Doktorantlarning hisobotlarini (3/6/9/12 oylik) tizimga yuklanishini nazorat qilish
  • Doktoranturaga qabul jarayonini tashkil etish
  • Qabul qilingan izlanuvchilar bo'yicha tegishli buyruqlarni tayyorlash (qabul, o'qishdan chetlatish)
  • Yilda ikki marta monitoring jarayoni tashkil etish

Hamkorlik

Bo'lim yuqoridagi vazifalar bo'yicha universitetdagi barcha fakultet va bo'limlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Bo'lim faoliyati natijalari har yili universitet Ilmiy kengashi majlislarida muhokama qilinib, tegishli hisobotlar taqdim etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Har qanday savol yoki taklifingiz bo'lsa, quyidagi kontaktlar orqali bog'lanishingiz mumkin:

+998 73 542 38 38
kokandsu@exat.uz