Axborot resurs markazi

Qo'qon davlat universiteti axborot resurs markazi

Axborot resurs markazi boshlig'i

Siddiqov Toyirjon Mahmudovich

Axborot resurs markazi boshlig'i

Ish vaqti:

Dushanba - Juma

08:30 - 16:30

O'quv zali: 08:30 - 21:00

Telefon:

+998 (90) 426-17-78

Elektron pochta:

siddiqovtoyirjon@kokandsu.uz

Manzil:

Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri, Turon ko'chasi, 23-uy

Markaz tarixi

Kutubxona 1931 yilda sobiq Qo'qon davlat pedagogika instituti qoshida tashkil topgan. Dastlab kutubxona fondi 3737 ta kitob fondiga ega bo'lgan. 2006 yil 20 iyun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 'Respublika aholisini Axborot kutubxona xizmati bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida'gi PQ-381 sonli qaroriga asosan Axborot-resurs markaziga aylantirildi.

Axborot-resurs markazining foydalanuvchilarga mo'ljallangan bo'limlari quyidagicha ishlaydi. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko'rsatish bo'limi talabalar va professor-o'qituvchilar uchun soat 8.30 dan 16.30 gacha, o'quv zali 8.30 dan 21.00 gacha tushliksiz ishlaydi.

9-qavatli binoning 1-qavatida universitetning ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi talabalari uchun 'Ko'chma kutubxona' faoliyat yuritmoqda. Ish vaqti 8.30dan 16.30 gacha. Axborot-resurs markazining 1-2-3 Talabalar turar joyida 'Kichik kutubxonalari' faoliyat yuritmoqda.

Dam olish kuni - Yakshanba.

Tarmoq kutubxonalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 'Farg'ona viloyatidagi oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida'gi 2025 yil 24 yanvardagi PQ-26 son qaroriga hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 'Yo'l xaritasi'ning 35.1 bandida 'Universitetlarda mavjud kutubxona fondini xatlovdan o'tkazish hamda raqamlashtirilishi lozim bo'lgan resurslar ro'yxatini shakllantirish' to'g'risidagi 26.02.03/58-465 sonli xatiga asosan I.Karimov nomidagi Texnika universitetining va Toshkent san'at va madaniyat institutining Fargona mintaqaviy filiallarining umumiy kitob fondi Qo'qon davlat universiteti fondiga o'tkazilganligi sababli Muhandislik fakulteti Axborot resurs markazining tarmoq kutubxonasi va San'atshunoslik va sport fakultetining Axborot-resurs markazining tarmoq kutubxonalari faoliyati yuritilmoqda.

Shu bilan birgalikda universitetning Milliy hunarmandchilik va amaliy san'at fakulteti va Aniq fanlar va raqamlashtirish texnologiyalari fakultetlarida Axborot-resurs markazining tarmoq kutubxonalari xizmat ko'rsatmoqda.

Statistika va resurslar

40
Xodimlar soni
43,284
Kitob nomlari
175,259
Kitob nusxalari
58,194
Elektron nusxalar

Texnik jihozlar

O'quv zallari

  • 1-o'quv zalida 365 ta o'rin
  • Elektron zaldagi 80 ta o'rin

Kompyuter va texnika

  • 1 dona smart doska
  • 80 dona talabalar uchun kompyuter
  • 22 dona xodimlar uchun kompyuter
  • 6 dona ko'zi ojizlar uchun maxsus kompyuter
  • 1 dona ovoz yozuvchi maxsus kompyuter

Server va tarmoq uskunalari

  • 1 dona ma'lumotlarni saqlovchi va tarqatuvchi server
  • 4 dona zamonaviy CZUR raqamli skaner
  • 1 dona M-2170 EPSON raqamli skaneri
  • 4 dona WI-FI qurilmalari

Yangi jihozlar

  • 2 dona televizor (2024-yil Avgust)
  • 3 dona INFOKIOSKA (2024-yil Avgust)

Qo'shimcha ma'lumot

Har qanday savol yoki taklifingiz bo'lsa, quyidagi kontaktlar orqali bog'lanishingiz mumkin:

+998 73 542 38 38
kokandsu@exat.uz