Reja-moliya bo'limi

Universitet moliyaviy faoliyatini rejalashtirish va boshqarish

Bo'lim boshlig'i

Xoliqov Nodir Abbosovich

Bo'lim boshlig'i

Qabul kunlari:

Dushanbadan jumagacha

9:00 - 12:00

Telefon:

+99893 971 00 86

Email:

nodirshoh1986@gmail.com

Bo'lim boshlig'ining vazifalari

1

Bo'limning barcha faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish

2

Bo'limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta'minlash

3

Ta'lim muassasasida mutasaddi bo'lgan bo'g'inlar faoliyatini muvofiqlashtirish

4

O'zbekiston Respublikasining ta'limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Hay'at Qarorlari, buyruqlari, yo'riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, Universitet rektori buyruqlarining ijrosini ta'minlash

5

Yangi ishga qabul qilingan professor-o'qituvchi va xodimlarga O'zbekiston Respublikasi Yagona Tarif Setkasiga asosan oylik ish haqi qo'yib berish

6

Universitetning Davlat byudjeti va kontrakt bo'yicha xarajatlar smetalarini tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta'minlash

7

Professor-o'qituvchilar va xodimlarning oylik maoshlarini qonuniy belgilanishini ta'minlash

8

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Hukumat qarorlariga asosan ish haqlari va boshqa to'lovlarni o'zgarilishi bo'yicha smetalarni o'z vaqtida tuzish va tasdiqlanishini ta'minlash

Malaka talablari

Bilishi kerak

O'zbekiston Respublikasining ta'limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Hay'at Qarorlari, buyruqlari, yo'riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, universitet rektori buyruqlari mohiyatini anglash.

Talablar

  • Oliy ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo'lish
  • Ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga ega bo'lish
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga ega bo'lish
  • Oliy ma'lumotga ega bo'lish
  • Bo'lim yo'nalishi bo'yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo'lish

Moliya faoliyati

Byudjet boshqaruvi

Davlat byudjeti va kontrakt bo'yicha xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash

Hisobotlar

Chorak va yillik hisobotlarning tayyorlanishini tashkil qilish va vazirlikka taqdim etish

Shtat jadvali

Shtatlar jadvalini ishlab chiqish va har bir xodimning lavozim me'yorini belgilash

Qo'shimcha ma'lumot

Har qanday savol yoki taklifingiz bo'lsa, quyidagi kontaktlar orqali bog'lanishingiz mumkin:

+998 73 542 38 38
kokandsu@exat.uz