Qoʻqon davlat universiteti
Bo'lim boshlig'i
Qabul kunlari:
Har kuni
Telefon:
+998 91 203 48 84
Elektron pochta:
bek_dpi@mail.ru
Boʻlim bosh mutaxassisi
Telefon:
+998 97 595 43 43
Elektron pochta:
tillaboevshoxruh@gmail.com
Boʻlim inspektori
Telefon:
+998 90 366 18 37
Elektron pochta:
elenahnaniseva@gmail.com
Qoʻqon davlat universiteti "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring" boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi OʻRQ 445-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida", Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son, "Maʻmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmonlari, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʻminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori, Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʻminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021-yil 10-fevraldagi 61-son, "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari haqida" 1999-yil 12-yanvardagi 12-son, "Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida" 1999-yil 29-martdagi 140-son hamda "Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida" 2018-yil 7-maydagi 341-sonli qarorlari ijro etilishini oʻz vaqtida nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan.
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring" bo'limi tomonidan og'zaki, yozma va elektron murojaatlarni qabul qilish, elektron jadvalida ro'yxatga olish, ijroga qaratish, ijrochilardan qonuniy muddatlarda javoblarni talab qilib olish, ularni tahlilini yuritish, har hafta dushanba kuni rektor huzurida apparat yigʻilishiga, har oy universitet Kengashiga hamda har chorak Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga maʼlumotlarni taqdim etish, joylarda sayyor qabullarini tashkil etish, ularda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻtarilgan muammolarni hal etilishini taʼminlash hamda murojaatlar ko'rib chiqilishi natijalarini OAVda yoritish.
Universitetda "Edo.ijro.uz" elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʻlimga oid Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, topshiriqlari, Hay'at qarorlari, yigʻilishlar bayonlari, xat va modemogrammalari, shuningdek universitetining Kengash qarorlari va rektor buyruqlarini bajarilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish.
Hujjatlar va topshiriqlar mas'ul ijrochi tomonidan o'z vaqtida bajarilishi hamda natijasi bo'yicha belgilangan shakldagi ma'lumotlar "Edo.ijro.uz" tizimiga to'liq va haqqoniy kiritilishini nazoratga olish:
Har qanday savol yoki taklifingiz bo'lsa, quyidagi kontaktlar orqali bog'lanishingiz mumkin: