Xalq ijodiyoti kafedrasi
Sanʼat va sport fakulteti
Kafedra tarixi
“Xalq ijodiyoti” kafedrasi 2017–2018-öquv yilida Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farğona mintaqaviy filiali tarkibida “Teatr sanʼati va xalq ijodiyoti” kafedrasi sifatida öz faoliyatini boşlagan. 2020–2021-öquv yilida esa “Xalq ijodiyoti” kafedrasi sifatida alohida tarkibga ajratildi. Uşbu özgariş kafedraning öziga xos ilmiy-pedagogik hamda amaliy-ijodiy yönalişlarga ixtisoslaşişiga imkon yaratib, milliy qöşiqçilik sohasini rivojlantirişga xizmat qildi.
2020–2021-yillarda kafedraga Qurbonova Mukammalxon rahbarlik qilgan. Uşbu davrda Özbek xalq çolğu sozlari yönalişi taşkil etilib, iqtidorli abituriyentlar talabalikka qabul qilindi.
2021–2023-yillarda kafedraga dotsent Talaboyev Azizjon mudirlik qildi. Bu yillarda kafedraga malakali professor-öqituvçilar jalb etildi va talabalarning ijodiy izlanişlari uçun keng imkoniyatlar yaratildi. Şuningdek, uşbu davrda talabalar tarkibida “Yangi Özbekiston yoşlari” ansambli taşkil etilib, u şahar va viloyat miqyosidagi festivallar hamda konsertlarda faol iştirok etib, özining yorqin çiqişlari bilan eʼtibor qozondi. Bu davrda kafedrada milliy qöşiqçilik va maqom sanʼatining integratsiyalaşgan asoslarini çuqur öqitiş hamda uşbu yönalişda malakali mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
2025-yildan hozirgi kungaça kafedraga dotsent Topildiyev Saidmurod rahbarlik qilib kelmoqda.
Missiya
“Xalq ijodiyoti” kafedrasining missiyasi — milliy musiqa va xalq ijodiyoti anʼanalarini asrab-avaylaş, ularni zamonaviy taʼlim va ilmiy yondaşuvlar asosida rivojlantiriş, ijodkor yoşlarni tarbiyalaş hamda xalqaro madaniy maydonda özbek milliy sanʼatini keng tarğib etişga xizmat qiluvçi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaşdan iborat.
Yutuqlar
“Xalq ijodiyoti” kafedrasida jami 13 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritmoqda. Ularning tarkibida 5 nafar dotsent, 2 nafar Özbekistonda xizmat körsatgan artist, 1 nafar v.b. dotsent, şuningdek, 2 nafar katta öqituvçi va 3 nafar öqituvçi faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali hamda ilmiy darajaga ega mutaxassislar bilan mustahkamlangan bölib, kafedraning ilmiy salohiyat körsatkiçi 55 foizni taşkil etadi. Uşbu körsatkiç yildan-yilga oşib bormoqda va kafedrada taʼlim sifati hamda ilmiy-ijodiy tadqiqotlar samaradorligini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
Mudir haqida
Topildiev Saidmurod Odiljon öğli 1992-yil 14-avgustda Farğona viloyati Danğara tumanida tuğilgan. Millati — özbek, partiyaviyligi — yöq. Magistr darajasiga ega. 2015-yilda Özbekiston davlat konservatoriyasini (kunduzgi bölim) tamomlagan, şuningdek 2021-yilda Yu. Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa sanʼati institutini tugatgan. Mutaxassisligi — xonanda, xonandalik fanlari öqituvçisi. Ingliz va rus tillarini luğat yordamida biladi. Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni mavjud emas.
U mehnat faoliyatini 2015-yilda Özbekiston badiiy jamoalari direksiyasi qoşidagi “Mumtoz” ansamblida xonanda sifatida boşlagan.
2015–2016-yillarda Danğara tumanidagi 27-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida öqituvçi, 2016–2018-yillarda Toşkent şahri Olmazor tumanidagi 146-umumiy örta taʼlim maktabida öqituvçi, 2018–2020-yillarda Toşkent ixtisoslaştirilgan madaniyat maktabida öqituvçi sifatida faoliyat yuritgan.
2021–2023-yillarda Qöqon davlat universiteti Farğona mintaqaviy filiali “Xalq ijodiyoti” kafedrasida öqituvçi, 2023–2025-yillarda katta öqituvçi lavozimida işlagan.
2025-yildan boşlab “Xalq ijodiyoti” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş