Jismoniy madaniyat kafedrasi
Sanʼat va sport fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti Sanʼatşunoslik va sport fakulteti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi 1961-yilda Jismoniy tarbiya bölimi sifatida taşkil etilgan bölib, şu yili 1-kursga talabalar qabul qilinişi ommaviy sport işlarini rivojlantiriş tarixida muhim voqea sifatida qayd etilgan.
1964-yilda uşbu tuzilma mustaqil kafedra maqomiga ega bölib, Jismoniy tarbiya fakulteti sifatida faoliyat yurita boşlagan.
2024-yil 6-iyunga qadar Jismoniy madaniyat fakulteti tarkibida Jismoniy madaniyat metodikasi kafedrasi hamda Sport va harakatli öyinlar kafedrasi faoliyat olib borgan.
2024-yil 6-iyundan boşlab uşbu kafedralar birlaştirilib, Amaliy fanlar fakulteti tarkibida Jismoniy madaniyat kafedrasi taşkil etilgan va unga p.f.n., dotsent Alijon Akramoviç Tolipdjonov kafedra mudiri etib tayinlangan.
2025-yil 1-apreldan kafedra nomi Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi deb özgartirilgan.
2025-yil 26-avgustdan esa kafedra mudiri etib pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Rustam Abduvaliyeviç Abdullayev tayinlangan.
Missiya
Jismoniy madaniyat va sport kafedrasining missiyasi — talabalarda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, jismoniy madaniyat va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş, ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş hamda milliy va xalqaro sport yutuqlariga erişadigan raqobatbardoş kadrlarni yetiştirişdan iborat.
Yutuqlar
Jismoniy madaniyat va sport kafedrasida tahsil olgan va hozirgi kunda ilmiy tadqiqot işlarini olib borib, ilmiy darajaga erişgan bir qança olimlar yetişib çiqqan. Ular qatorida R.M. Rasulov (p.f.n., 2007 y.), S. Usaçyova (p.f.n., dotsent), M.A. Tojiyev (PhD, professor), U.I. Sultonov (PhD, dotsent), J.Ş. Kozimov (PhD, 2021 y.), R.A. Melziddinov (PhD, 2022 y.), A.U. Ğofurov (PhD, 2022 y.), I.E. Ruzmatov (PhD), V.M. Jurayev (PhD), R.A. Abdullayev (PhD), O.Q. Abdullayev (PhD), A.A. Alikulov (PhD) kabi olimlar faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot işlari bilan Z.N. Xatamov, A.A. Parmonov, G.M. Xudaynazarova, A.A. Ziyayev, J.M. Yuldaşeva şuğullanib, dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik körişmoqda.
Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg (Rossiya) milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti, Rossiya Qozon federal universitetining Yelabuga instituti hamda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Özbekiston yengil atletika federatsiyasi va A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini örganiş va istiqbollarini belgilaş ilmiy-tadqiqot instituti bilan ilmiy hamkorlik şartnomalari va memorandumlar tuzgan.
Kafedra professor-öqituvçilari tomonidan sönggi yillarda 20 dan ziyod yangilangan darslik, öquv qöllanma va uslubiy qöllanmalar naşr etilgan.
Jismoniy madaniyat va sport kafedrasida “Ustoz-şogird” tizimi hamda iqtidorli talabalar bilan işlaş yaxşi yölga qöyilgan. Fakultetda Ş. Möminov (2011), B. Meliqöziyev (2018), Ş. Ergaşev (2019), I. Odilova (2020) “Navoiy” nomli stipendiya sovrindorlari bölgan.
Kafedra tarixida köplab taniqli olimpiada, jahon va Osiyo çempionlari, terma jamoa aʼzolari, Özbekiston çempionlari va “Universiada” ğoliblari tahsil olgan. Ular orasida N. Xasanov, N. Osmonov, M. Qurbonov, R. Abdullayev, Ş. Rahmonqulov, E. Yemakov, R. Melziddinov (futbol), B. Meliqöziyev, O. Şaripov, S. Abdullayev, R. Sultonov, Ö. Rahmonov, F. Meliboyev, A. Qodirov, K. Mardonov (boks), O. Voronina, D. Saydaliyev, E. Tunguskova, X. Axmadaliyev, N. Rözmatov, S. Erkinova (yengil atletika), I. Minibayev, M. Oripova (fextovaniya), J. Ehsonov, K. Abdurasulov, Ş. Ösarqulov, B. Nurmatov, J. Satimov, K. Mahkamov, X. Vahobov, J. Toşmuhammedov, O. Karimov (kuraş), M. Abdumutalova (sambo), I. Aşurov, G. Normatova (qöl jangi), A. Tilavov, D. Başirov, I. Baranov, J. Qudratov, X. Olimov, M. Xaydarov, B. Abdurahimov (dzyu-do), F. Yusupova, D. Xasanova (gandbol), A. Kaşirin, Z. Gofurov, S. Vlasov, V. Şendrikov, V. Malikov, Z.M. Şodmonov, X. Hamroqulov, I. Meliyev, Ş. Meliqulov (voleybol) kabi sportçilar bor.
Şuningdek, kafedra talabalaridan bir qator kuçli sportçilar yetişib çiqqan: Mohigul Hamdamova – Tokio 2020 Paralimpiya öyinlari ğolibi (yengil atletika, disk uloqtiriş), Lazizbek Mullajonov – Parij 2024 oltin medal sohibi (boks), M. Rasulov – yunon-rum kuraşi böyiça Osiyo çempionati sovrindori, X. Rasulov – boks böyiça Osiyo çempioni.
Fakultet talabalaridan B. Meliqöziyev (2018), M. Hamdamova (2022) “Yil talabasi” nomiga sazovor bölgan. Tolibjonov Sardorbek (2023), Murodaliyeva Muşarraf (2024) “Pahlavon Mahmud” nomli davlat stipendiyasini olgan.
Hozirgi kunda kafedrada 10 dan ziyod sport turlari va 3 ta fan tögaragi faoliyat olib bormoqda. Tögaraklarga malakali ustoz-murabbiylar rahbarlik qilmoqda. Talabalar böş vaqtlarini sport va fan tögaraklarida mazmunli ötkazişmoqda.
Talabalar orasida Para yengil atletika böyiça Muhammadjonov Nuriddin, Madaminova Rayhonoy, Ğafurova Rohilaxon, Qöşmonova Husnida 2025-yilda Özbekiston çempioni va sovrindorlari bölgan. Muhammedov Ibrohimjon Marokaşda ötkazilgan Paralimpiya gran-prida 3-örinni egallagan (2025, 100 metr yuguriş).
Şuningdek, Davronova Maftuna qiliçbozlik böyiça bir neça bor Özbekiston çempioni va xalqaro sport ustasi, Mamajonova Humorabonu boks böyiça 2 karra Özbekiston çempioni va Jahon çempionatida 2-örin sohibi bölgan.
Kafedra xalqaro hamkorlikni rivojlantirib, Rossiya (Lesgaft universiteti), Qozoğiston (Abay nomidagi milliy pedagogika universiteti), Qirğiziston (Öş davlat universiteti va Öş davlat pedagogika universiteti) hamda Qozon federal universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöygan.
Mudir haqida
Abdullayev Rustamjon Abduvaliyeviç 1986-yil 17-fevralda Farğona viloyati Danğara tumanida tuğilgan. Millati — özbek. Oliy maʼlumotli mutaxassis bölib, 2012-yilda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini adaptiv jismoniy tarbiya mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Rus tilini biladi.
Mehnat faoliyatini taʼlim tizimida boşlagan. 2006–2010-yillarda Qöqon davlat pedagogika institutida tahsil olgan, 2010–2012-yillarda esa Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida magistraturada öqigan. 2014–2015-yillarda Danğara tumani Sanoat kasb-hunar kollejida öqituvçi sifatida faoliyat yuritgan. 2015–2016-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat kafedrasida öqituvçi-stajyor lavozimida işlagan.
2016–2019-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida maʼnaviy-maʼrifiy işlar va yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2020–2021-yillarda mazkur institutning Xorijiy tillar fakultetida, 2021–2022-yillarda esa Sirtqi bölimida dekan örinbosari sifatida işlagan.
2023–2025-yillarda Qöqon davlat universiteti Jismoniy madaniyat metodikasi kafedrasida assistent öqituvçi lavozimida faoliyat yuritgan. 2025-yildan hozirgi vaqtgaça Qöqon davlat universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvçi sifatida işlab kelmoqda. 2026-yil 18-martdan Qöqon davlat universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş