
Tarjimai hol
2025-yil 22-apreldan boşlab Qöqon davlat universiteti “Sanʼatşunoslik va sport” fakulteti dekani vazifasini bajaruvçi etib Jamşid Quldaşeviç Tadjibayev tayinlandi. Jamşid Quldaşeviç 1976-yil 4-oktabrda Farğona viloyati, Qöqon şahrida tuğilgan.
Millati — özbek. 1998-yilda Qöqon davlat pedagogika institutining kunduzgi bölimini tamomlagan. 2002–2003-yillarda Özbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati institutida, 2012-yilda esa Özbekiston Respublikasi Strategiya va istiqbolni belgilaş oliy maktabida malakasini oşirgan.
Mutaxassisligi — jismoniy tarbiya öqituvçisi, ilmiy unvoni — dotsent (13.00.04 — Jismoniy tarbiya, sport maşğulotlari, soğlomlaştiruvçi va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi). Rus tilini biladi, harbiy unvoni — podpolkovnik.
Mehnat faoliyati davomida u öqituvçilik, trenerlik, rahbarlik va davlat xavfsizlik idoralarida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022–2025-yillarda Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti Qöqon filiali direktorining “Yoşlarning ijtimoiy va maʼnaviy barqarorligini saqlaş” böyiça maslahatçisi bölib işlagan.



