Musiqa nazariyasi kafedrasi
Sanʼat va sport fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti “Sanʼat va sport” fakultetining “Musiqa nazariyasi” kafedrasi 2024–2025-öquv yilining mart oyida qayta taşkil etildi. Mazkur özgariş kafedraning öziga xos ilmiy-pedagogik yönalişlarga ixtisoslaşişiga imkon yaratib, musiqa fanining alohida taʼlim sohasi sifatida rivojlanişiga xizmat qilmoqda.
2023–2025-yillar davomida kafedra Qöqon davlat pedagogika instituti tarkibida “Musiqa ijroçiligi” nomi ostida faoliyat yuritdi. Uşbu davrda kafedra, asosan, vodiy viloyatlari uçun sanʼat sohasi böyiça malakali mutaxassislar tayyorlaş bilan şuğullandi. Şu bilan birga, öquv dasturlari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati sanʼat va madaniyat yönalişlarining uzviy boğliqligiga asoslangan innovatsion yondaşuvlar asosida şakllantirildi.
2025–2026-öquv yilining avgust oyidan boşlab kafedra “Musiqa nazariyasi” nomi bilan qayta tiklanib, uşbu yönalişda kadrlar tayyorlaşni davom ettirmoqda. Hozirgi bosqiçda kafedra sanʼatni keng qamrovli fan sifatida zamonaviy ehtiyojlarga mos ravişda rivojlantiriş, taʼlim va ilmiy tadqiqotlarni yanada çuqurlaştiriş, şuningdek, çolğu ijroçiligi hamda amaliy sanʼat yönalişlari böyiça yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratmoqda.
“Musiqa nazariyasi” kafedrasi taşkil etilganidan buyon kafedra mudiri sifatida E. Qobilova samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Missiya
“Musiqa nazariyasi” kafedrasining asosiy missiyasi — milliy va jahon musiqa sanʼati anʼanalarini çuqur egallagan, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, ijodkor, raqobatbardoş hamda yuksak maʼnaviyatli mutaxassislarni tayyorlaşdan iborat.
Kafedra taʼlim, ilm-fan va amaliyotni uzviy boğlagan holda musiqa nazariyasi, ijroçilik va amaliy sanʼat yönalişlarida innovatsion yondaşuvlarni rivojlantiriş, milliy musiqa merosini asrab-avaylaş va uni xalqaro miqyosda keng tarğib qilişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.
Yutuqlar
Yuqori ilmiy salohiyat:
Kafedrada faoliyat yuritayotgan 12 nafar professor-öqituvçining 58,3 foizi ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega. Mazkur körsatkiç yildan-yilga oşib borayotgani taʼlim sifati va ilmiy salohiyatning yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
Iqtidorli talabalar va davlat stipendiyalari:
Talabalar örtasidagi soğlom raqobat natijasida bugungi kunga qadar 3 nafar talaba Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bölişga erişdi. Şuningdek, Prezident hamda boşqa nufuzli nomdor stipendiyalar sohiblari soni ham muntazam ortib bormoqda.
Xalqaro eʼtirof va stajirovkalar:
Kafedra xalqaro miqyosda Qirğiziston Respublikasining Öş davlat universiteti, Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) hamda Qirğiziston—Turkiya Manas universiteti bilan samarali hamkorlik aloqalarini yölga qöygan. Professor-öqituvçilar mazkur nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida muntazam stajirovka ötab, xalqaro tajribalarni öquv jarayoniga tatbiq etib kelmoqdalar.
Madaniy merosni tarğib qiliş:
Özbek milliy musiqa sanʼatini xalqaro miqyosda keng tarğib qiliş maqsadida kafedra jamoasi tomonidan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, körik-tanlovlar hamda ijodiy festivallar muntazam taşkil etib kelinmoqda.
Mudir haqida
Qobilova Eʼzozxon Bakirovna 1977-yil 8-martda Farğona viloyati Danğara tumanida tuğilgan. Millati — özbek. Maʼlumoti oliy bölib, 2002-yilda Toşkent davlat pedagogika universitetini kunduzgi taʼlim şaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — musiqa taʼlimi. Ilmiy unvoni — professor. Rus va turk tillarini biladi.
Mehnat faoliyatini taʼlim tizimida boşlagan Qobilova Eʼzozxon Bakirovna 1996–2000-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti talabasi, 2000–2002-yillarda esa Toşkent davlat pedagogika universiteti magistranti bölgan. 2002–2005-yillarda Toşkent davlat pedagogika universiteti magistratura bölimida metodist lavozimida faoliyat yuritgan.
2005–2010-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti öquv bölimi uslubçisi, 2010–2013-yillarda Musiqiy taʼlim kafedrasi öqituvçisi, 2013–2018-yillarda katta öqituvçi sifatida samarali faoliyat olib borgan. 2020–2022-yillarda Musiqa taʼlimi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvçi lavozimida işlagan bölsa, 2022-yildan buyon mazkur kafedra dotsenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
2025-yil 26-avgustdan boşlab Qöqon davlat universiteti “Musiqa nazariyasi” kafedrasi professori sifatida faoliyat boşlagan. Şu yilning özida kafedra mudiri vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan hamda hozirgi kunda “Musiqa nazariyasi” kafedrasi mudiri lavozimida samarali faoliyat olib bormoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş